platina.uz
Sport

Oʻzbekiston termasi endi qaysi brend libosida harakatlanishi maʼlum boʻldi

7SABER brendi milliy jamoalar uchun libos tayyorlaydi. Oʻzbekiston termasi keyingi yil ilk bor JChda qatnashadi. 

Oʻzbekiston termasi endi qaysi brend libosida harakatlanishi maʼlum boʻldi

Endilikda milliy terma jamoalar 7SABER libosi ostida mamlakat sharafini himoya qiladi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, JCh-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoa Shimoliy Amerika maydonlarida ushbu brend futbolkalarida oʻynaydi.

"Tarixiy yoʻl — yangi bosqich! Milliy jamoa ilk bor FIFA Jahon chempionatida! Endilikda Oʻzbekiston terma jamoalari 7SABER libosi ostida mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi! Katta orzular, katta turnirlar va katta gʻalabalar sari birgalikda!", — deyiladi OʻFA xabarida.

Taʼkidlash kerak, OʻFA futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari uchun liboslar yetkazib berish boʻyicha 2018 yildan buyon Germaniyaning JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelayotgandi.

JCh va Oʻzbekiston

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil 6 iiyunda Oʻzbekiston BAA bilan durang oʻynab mundial yoʻllanmasini hal etdi.

10 iyunda esa Toshkentda Qatar yirik hisobda magʻlub etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid