DXX Fargʻonada bojxona posti boshligʻini qoʻlga oldi
U fuqarolardan biriga 80 dona “Iphone-16” telefon apparatlarini noqonuniy tarzda oʻtkazib bergan.

Fargʻonada bojxona posti boshligʻi pora bilan ushlandi.
Fargʻona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshligʻi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, pora olayotganda ushlandi.
Gap nima haqida?
Bojxona posti boshligʻi fuqaroning Qirgʻiz Respublikasidan olib kelgan 80 dona “Iphone-16” rusumli uyali telefon apparatlarini tegishli rasmiylashtiruvlarsiz bojxona postidan noqonuniy oʻtkazib bergan. Evaziga 5000 AQSh dollari hamda 1 dona “Iphone-16 Pro” telefon apparati talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda bojxona organlari podpolkovnigi ushbu moddiy qiymatliklarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Avvalroq, Shahrisabz tumani FVB boshligʻi, Margʻilonda esa maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi xizmat xonasida pul olayotganda ushlangandi.