platina.uz
Jamiyat

Toshkentda ertadan "maktab bozorlari" ish boshlaydi

Ularning faoliyati oktabr oyiga qadar davom etishi koʻzda tutilgan. 

Toshkentda ertadan "maktab bozorlari" ish boshlaydi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov maktab oʻquvchilarini kiyim-kechak, oʻquv qurollari va boshqalar bilan taʼminlash boʻyicha qarorni imzoladi. Qaror 2025 yil 14 avgust kuni imzolangan.

Unga koʻra, poytaxtdagi maktablar va bozorlarda maxsus savdo rastalari tashkil etiladi. Savdolar 2025 yil 15 avgustdan 1 oktabrga qadar davom etadi.

Taʼlim boshqarmasi joylarda tashkil etilgan maktab bozorlari haqida ommaviy axborot vositalari (gazeta, televideniye, radio va internet) orqali eʼlonlar beradi;

- davlat matbuot va nashriyot-matbaa kompaniyalariga oʻquv darsliklari savdosi uchun kitob savdo doʻkonlarining murojaatnomasiga binoan tashkil etilayotgan maktab bozori rastalaridan belgilangan tartibda joylar ajratiladi.

Toshkent shahar Soliq boshqarmasi tomonidan vaqtincha 2025 yil avgust – oktabr oylarida tashkil qilinadigan maktab bozorlarida faoliyat koʻrsatish uchun jalb etilgan tadbirkorlardan asosiy faoliyati uchun soliq va boshqa yigʻimlarni belgilangan tartibda undirish yuzasidan tegishli choralar koʻriladi.

Maktablarda jami 12 nuqta, bozorlarda esa 287 joy maktab bozori uchun ajratiladi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash hokim oʻrinbosarlari D.Rahimova va B.Haydarov zimmasiga yuklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid