Mandat chiqdi
2025/2026 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari boʻyicha tanlov natijalari eʼlon qilindi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari boʻyicha tanlov natijalari eʼlon qilinganini xabar berdi.
Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.
1. my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3. Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi.