Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tuziladi
Unga Investitsiyalar vazirining birinchi oʻribosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi.

Prezident selektorda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinishini eʼlon qildi.
Jahonda savdo qoidalarining tez oʻzgarishi yoki logistikadagi uzilishlar toʻxtamayotgani sharoitida toʻqimachilik tarmogʻini rivojlantirishga alohida yondashuvlar zarurligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan Prezident Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinishini eʼlon qildi. Agentlik toʻqimachilik, charm va ipak sanoatiga masʼul boʻladi.
Agentlikka Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi. U ayni damda investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlamoqda.
Agentlik qoshida tajribali tadbirkorlardan iborat kengash tashkil qilinadi. Agentlikning alohida jamgʻarmasi boʻladi, davlat koʻmagi, shuningdek toʻqimachilik korxonalariga arzon aylanma mablagʻ shu jamgʻarma orqali beriladi. Jamgʻarmaga 200 million dollar ajratiladi.
Avvalroq toʻqimachilikda "dolzarb yuz kunlik" eʼlon qilingandi. Qarzdor klasterlarga yengilliklar beriladi.