platina.uz
Jahon

Janubiy Koreyada sobiq prezidentning rafiqasi hibsga olindi

U poraxoʻrlik va firibgarlikda ayblanmoqda. Yun Sok Yolning oʻzi esa harbiy holat eʼlon qilish ortidan boshlangan siyosiy inqiroz sabab lavozimdan ayrilgandi. 

Janubiy Koreyada sobiq prezidentning rafiqasi hibsga olindi

Janubiy Koreyada sobiq prezident Yun Sok Yolning rafiqasi hibsga olindi.

Sobiq birinchi xonim poraxoʻrlik va aksiyalar boʻyicha firibgarlikda ayblanib hibsga olingan, deb xabar beradi Yonhap.

Gap nima haqda?

Seul markaziy sudi maxsus prokurorning iltimosiga koʻra, sobiq birinchi xonim dalillarni yashirishi yoki yoʻq qilishi mumkin deb hisoblab, hibsga olishga order berdi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, Kim Kong Xi qimmatli qogʻozlar bilan noqonuniy daromad olish imkonini beruvchi firibgarlik sxemalarida ishtirok etgan.

Bundan tashqari, u aloqalar va resurslardan foydalangan holda saylov natijalariga taʼsir oʻtkazishga uringanlikda, shuningdek, siyosiy manfaatlar evaziga qimmatbaho sovgʻalar olganlikda ayblanmoqda. Kim Kong Xining oʻzi barcha ayblovlarni rad etadi.

Sobiq prezidentning taqdiri

Janubiy Koreyaning aksariya prezidentlari taqdiriga havas qilib boʻlmaydi. Shu jumladan Yun Sok Yolning rahbarlik davri ham katta mojaro bilan yakun topdi. 2024 yilning 3 dekabrida Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etishga urindi, bu esa ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi va impichment bilan yakunlandi. U ikki oyga yaqin hibsda oʻtirdi, biroq keyinroq qoʻyib yuborildi.

2025 yil iyul oyida Seul sudi yana sobiq prezidentni hibsga olish uchun order berdi. Yun qonunga xilof ravishda harbiy holat joriy etish, isyon uyushtirishga urinish va mansab vakolatini suiisteʼmol qilishda ayblanmoqda. Buning uchun uni jiddiy jazo, jumladan, oʻlim jazosi kutmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid