Bahodir Abdullayev "Oʻzmetkombinat" raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Bungacha ushbu lavozimda Dilshod Ahmedov ishlab kelayotgandi.

"Oʻzmetkombinat" AJ rahbariyatida tayinlov amalga oshirildi.
Unga koʻra, boshqaruv raisi – bosh direktor Ahmedov Dilshod Tursunqulovich ishdan olindi. U 2024 yil oktabrdan ushbu vazifada ishlab kelayotgandi.
Kuzatuv kengashi qaroriga koʻra, Abdullayev Bahodir Tojimirzayevich "Oʻzmetkombinat" AJ boshqaruv raisi – bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bahodir Abdullayev 1967 yilda Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumanida dunyoga kelgan. 2022 yil prezident tomonidan "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.