platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank 15 ta toʻlov tashkilotini ogohlantirdi

Terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qoidabuzarliklar sabab 23 ta bank jarimaga tortilgan. 

Markaziy bank 15 ta toʻlov tashkilotini ogohlantirdi

Markaziy bank 15 ta toʻlov tashkilotini chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirdi.

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2025 yilning iyun-iyul oylaridagi yigʻilishlarida (11 marta) 59 ta masala koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 37 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (7 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish (5 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (2 ta) boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berish (1 ta) va banklarda audit oʻtkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (2 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish (20 ta) bilan bogʻliq masalalar koʻrildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 22 ta masala – Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi holatlari hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 15 ta toʻlov tashkiloti chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 23 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi.

Bundan tashqari, “IMKON FINANS MIKROMOLIYa TAShKILOTI” AJda aniqlangan qoidabuzarliklar uchun mazkur tashkilot mijozlarini moliyalashtirish bilan bogʻliq operatsiyalarining (kreditlash, lizing va kafolatlar berish, faktoring xizmatlari koʻrsatish) amalga oshirilishi uch oy muddatga cheklandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid