platina.uz
Jahon

Ozarbayjon va Armaniston tinchlik munosabatlari boʻyicha deklaratsiyani imzoladi

Ikki mamlakat muzokaralariga avval boshqa davlatlar (jumladan Rossiya) vositachilik qilib kelishgan. Ammo yakuniy kelishuv AQShda imzolandi. 

Ozarbayjon va Armaniston tinchlik munosabatlari boʻyicha deklaratsiyani imzoladi

Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari 8 avgust kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida oʻz mamlakatlari oʻrtasida tinchlik munosabatlari oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan deklaratsiyada allaqachon kelishilgan tinchlik shartnomasini imzolash va ratifikatsiya qilish haqida soʻz boradi.

Gap nima haqida?

Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi mojaro Sobiq Ittifoq parchalanishi davrida borib taqaladi. Dunyo hamjamiyati tan olgan Qorabogʻ hududi Togʻli Qorabogʻ deb ataluvchi tan olinmagan respublika hukmi ostida edi.

2023 yil sentabriga kelib Ozarbayjon barcha hududlarni qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. Tan olinmagan respublika tugatildi.

Deklaratsiya matnida aytilishicha, Aliyev, Pashinyan va Tramp Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida tinchlik va davlatlararo munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi Bitim matnini paraflashdan soʻng, “bitimnomani imzolash va keyinchalik ratifikatsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha qadamlarni davom ettirish zarurligini tan oldilar, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi tinchlikni taʼminlash va mustahkamlash muhimligini taʼkidladilar”.

Bundan tashqari, deklaratsiyada mintaqada kommunikatsiyalarni ochish va Ozarbayjonning asosiy hududi va uning eksklavi Naxichevan oʻrtasida Armaniston hududi orqali, Eron bilan chegarasi boʻylab transport koridorini yaratish muhimligi haqida soʻz boradi.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil noyabrida Ozarbayjon armiyasi Togʻli Qorabogʻda arman kuchlarini magʻlub etib, mamlakatning 1990 yillarning birinchi yarmida armanlar tomonidan bosib olingan hududlarini nazoratga olgach, Pashinyan va Aliyev Moskvada Rossiya prezidenti Putin ishtirokida oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan edi.

Tahlilchilarga koʻra, Ukraina bosqini, Armaniston va KXShT oʻrtasidagi sovuqchilik va boshqa sabablar tufayli Rossiya Kavkazdagi vositachi rolini yoʻqotdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid