platina.uz
Jahon

Manba: Zelenskiy Tramp-Putin uchrashuvida qatnashishi mumkin

Ukraina rahbari hududlar boʻyicha Rossiyaga yon berish boʻlmasligini taʼkidlamoqda. 

Manba: Zelenskiy Tramp-Putin uchrashuvida qatnashishi mumkin

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik va amerikalik hamkasblari Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskadagi uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.

Bu haqda Amerikaning CBS telekanali Oq uyning yuqori martabali mulozimiga asoslanib xabar bermoqda.

Gap nima haqida?

15 avgustda Putin Alyaskada Tramp bilan uchrashadi. Muzokalarning asosiy mavzusi Ukraina boʻlishi kutilmoqda.

Ukraina tomoni esa oʻz ishtirokisiz kelishuvlar erishib boʻlmasligini taʼkidlamoqda.

“Keyingi juma kungi sammit rejalari hali ham noaniq va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qandaydir tarzda unda ishtirok etishi ehtimoli bor”, — dedi manba.

9 avgust kuni Donald Tramp Vladimir Putin bilan uchrashuvi 15 avgust kuni AQShning Alyaska shtatida boʻlib oʻtishini maʼlum qildi. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

Vladimir Zelenskiy esa Kiyev tomonidan Rossiya va AQSh yetakchilari muhokama qilishi mumkin boʻlgan "hududiy imtiyozlar" haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning fikricha, bu Ukraina konstitutsiyasiga zid.

Putin-Tramp sammiti

Oylar mobaynidagi muloqotlardan soʻng AQSh va Rossiya rahbarlari uchrashishga kelishdi. Unda tomonlar Ukraina masalasida bir toʻxtamga kelishi va urushni toʻxtatishi mumkin. Turli manbalarga koʻra, AQSh Donetsk, Lugansk va Qrimni real vaziyat nuqtai nazardan tan olishga koʻngan holda, urushni toʻxtatmoqchi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid