Ikkita chegara postida uchinchi davlat avtomobillari harakatiga ruxsat beriladi
Tojikiston chegarasidagi ushbu postlar Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida joylashgan.

Oʻzbekistonning Tojikiston bilan chegarada joylashgan ikkita postida uchinchi davlat avtomobillari harakatiga ruxsat beriladi.
Ushbu ruxsat Oʻzbekiston va Tojikiston hukumati oʻrtasida imzolangan “Davlat chegarasi orqali oʻtkazish puntklari toʻgʻrisida"gi Bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, 2025 yil 10 avgust kuni soat 6:00 dan eʼtiboran Toshkent viloyatidagi “Bekobod avto” hamda Sirdaryo viloyatidagi “Xovosobod” chegara bojxona postlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtotransport vositalari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilingan.
Avval ushbu punktlar faqat Oʻzbekiston va Tojikiston mashinalariga xizmat koʻrsatib kelgan.
Taʼkidlash kerakki, Samarqand viloyatidagi "Jartepa", Jizzax viloyatidagi "Qushkent", "Uchturgan", Sirdaryo viloyatidagi" Xovosobod", Toshkent viloyatidagi "Bekobod", Namangan viloyatidagi" Pop", Fargʻona viloyatidagi "Ravot", Surxondaryo viloyatidagi "Gulbahor" avtomobil yoʻllari oʻtkazish punktlari 2018 yil fevraldagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra qayta ochilgandi.