Taniqli doirachi Dilmurod Islomov vafot etdi
U koʻp yillar davomida Oʻzbekistonda doira sanʼatining rivojlanishida fidokorona xizmat qilgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, "Oʻzbekiston doirachilari" jamoat birlashmasi raisi Dilmurod Islomov 71 yoshda vafot etdi.
U koʻp yillar davomida doira sanʼatining rivojlanishida fidokorona xizmat qilgan, respublika “Zarb koʻrik-tanlovi” va “Doirachilar festivali”ning asoschisi hisoblanadi.
Shuningdek, doira ijrochiligi sanʼati boʻyicha 2014 yilda “Ustozlardan doira saboqlari” toʻplamini, 2015 yilda “Maxsus cholgʻu (doira usullari: ustozlar saboqlari)” oʻquv qoʻllanmasini, “Moziydan sado” monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarni milliy va xorijiy jurnallarda chop etgan.
Shu bilan birga, 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda konsertlar bergan.