platina.uz
Jamiyat

Rektorlarga oʻrinbosarlarni oʻzlari tayinlash vakolati beriladi

Prezident OTMlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazyapti. Unda rektorlar vakolatini kengaytirish masalasi koʻrildi. 

Rektorlarga oʻrinbosarlarni oʻzlari tayinlash vakolati beriladi

Rektorlar endilikda oʻrinbosarlarini oʻzlari tayinlaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi. Unda bitiruvchilarni ishga joylashtirish va taʼlim jarayonlari koʻrilmoqda.

Bundan buyon bitiruvchilarni ishga joylashda oʻzini oʻzi band qilganlik inobatga olinmasligi belgilandi.

Gap nima haqida?

Prezident tashabbusi bilan OTM rektorlariga belgilangan vakolatlar kengaytirilmoqda. Davlat rahbari rektorlar vakolatini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish boʻyicha yangi tizim joriy qilish zarurligini taʼkidladi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi.

Oʻquv kursida eng yaxshi natija koʻrsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.

Koʻp masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barcha oliygohlar tashkiliy va akademik mustaqil boʻladi.

Yaʼni, rektor oʻrinbosarlarini oʻzi tayinlaydi (amaldagi tartibga koʻra, vazirlik bilan kelishish kerak). Bunda har bir nomzod oliygoh kengashida oʻzining yillik dasturini himoya qiladi.

Rektorlar belgilangan moliyalashtirish va shtati doirasida professor-oʻqituvchilar va boshqaruv xodimlarini oʻzi taqsimlaydi.

Bundan tashqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.

Prezident yana bir tashabbusni ilgari surdi.

"Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy taʼlimda katta sakrash, desak adolatdan boʻladi. Buni yanada kengaytiramiz, - dedi davlatimiz rahbari.

Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan boʻlsa, lekin toʻplagan balli boshqa oliygohdagi toʻlmagan yoʻnalishga toʻgʻri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid