platina.uz
Iqtisod

UzAuto Motors'ning sof foydasi sezilarli miqdorda kamaydi

Joriy yilning dastlabki olti oyida kompaniya 1,4 trillion soʻm sof foyda koʻrgan. 

UzAuto Motors'ning sof foydasi sezilarli miqdorda kamaydi

2025 yilning yanvar-iyun oylarida UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda kompaniyaning yarim yillik hisobotiga asoslanib Pinkod xabar berdi.

Hisobotga koʻra, joriy yilning dastlabki olti oyida kompaniya 1,4 trillion soʻm sof foyda koʻrgan. Garchi bu koʻrsatkich hajm jihatidan katta koʻrinsa-da, oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 526 milliard soʻmga yoki 27,5 foizga kam.

Mazkur davrda mahsulot sotuvidan tushgan sof tushum 21,2 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davridagidan kamroqdir. Taqqoslash uchun, 2024 yilning birinchi yarmida kompaniya 23,4 trillion soʻm tushum olgan edi. Shunday qilib, kompaniya yil davomida 2,2 trillion soʻmga kam mahsulot sotgan.

Shu bilan birga, kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi 2 trillion soʻmdan koʻproqqa oshib, 11,2 trillion soʻmga yetdi.

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi esa 6,36 foizga kamayib, 17,7 trillion soʻmni tashkil etdi.

Jami xarajatlar deyarli oʻtgan yilgi darajada qoldi — 2,33 trillion soʻm (–2,2%). Xarajatlar quyidagicha taqsimlangan:

Sotuv xarajatlari — 645 milliard soʻm (–4,2%)

Boshqaruv xarajatlari — 755,6 milliard soʻm (–4,6%)

Boshqa operatsion xarajatlar — 935,4 milliard soʻm (+1,1%).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid