platina.uz
Jahon

Tramp Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarini Oq Uyga taklif etdi

Ushbu uchrashuv yakunida tinchlik bitimi eʼlon qilinishi mumkin. 

Tramp Ozarbayjon va Armaniston yetakchilarini Oq Uyga taklif etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni Oq uydagi uchrashuvga taklif qildi.

Bu haqda The Washington Post xabardor manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, uchrashuv 8 avgust, juma kuni Oq uyda boʻlib oʻtadi.

Nashrning qayd etishicha, Tramp shu tariqa uzoq vaqtdan beri davom etayotgan mojaroning yechimi boʻlishi kutilayotgan Yerevan va Boku oʻrtasidagi tinchlik kelishuviga vositachilik qilishga urinmoqda.

Gazeta uchrashuv yakunida tinchlik bitimi eʼlon qilinishi mumkinligini istisno etmadi.

Tahlilchilar Kavkaz davlatlari oʻrtasidagi muzokaralarni olib borish Rossiyadan AQShga oʻtayotgani haqida yozmoqda.

Soʻnggi vaqtlarda Ozarbayjon va Rossiya munosabatlari yoyomonlashdi, Armaniston ham AQShga yaqinlashishga urinmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid