platina.uz
Jamiyat

Hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olishning muddatlari belgilandi

Qoramol, koʻy, echki va tuyalar tugʻilganidan 14 kundan keyin identifikatsiya qilinishi lozim. 

Hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olishning muddatlari belgilandi

Hayvonlarni identifikatsiya qilishning muddatlari belgilandi.

“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–1079-son, 06.08.2025 y.) qabul qilindi.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) koʻpaytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinishi hamda roʻyxatga olinishi kerak.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.

Qonunda hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:

- qoramol, koʻy, echki va tuyalar – tugʻilganidan 14 kundan keyin;

- otlar – tugʻilganidan 4 oydan keyin;

- choʻchqalar tugʻilganidan – 1 oydan keyin;

- itlar va mushuklar – tugʻilganidan 3 oydan keyin.

Bunda hayvonlar koʻrsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va roʻyxatga olinishi kerak.

Saqlash va (yoki) koʻpaytirish maqsadida Oʻzbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan eʼtiboran 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid