platina.uz
Jamiyat

Andijondagi hibsxonaning 6 xodimiga chora koʻrildi

Ombudsman vakili hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik taʼminotga oid jiddiy kamchiliklar, kanalizatsiya muammolari va majburiy mehnat holatlarini aniqlagan. 

Andijondagi hibsxonaning 6 xodimiga chora koʻrildi

Andijondagi vaqtincha saqlash hisbxonasining 6 xodimiga intizomiy chora koʻrildi.

2025 yilning mart oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Izboskan tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlarni oʻrganib, qator kamchiliklarni aniqlagan edi.

Jumladan, hibsxonada sanitariya-gigiyena va moddiy-texnik taʼminotga oid jiddiy kamchiliklar, kanalizatsiya tizimi bilan bogʻliq muammolar borligi va ayrim mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari qayd etilgan.

Ombudsman tomonidan ushbu holatlar boʻyicha Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga kamchiliklarni bartaraf etish va shu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun tegishli choralar koʻrilishini soʻradi.

Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, monitoring yakunlariga koʻra 6 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan va ularga intizomiy choralar qoʻllanilgan.

Jumladan, 1 nafar xodim Intizomiy kengash muhokamasiga qoʻyilgan, 2 nafar xodimga tanbeh, 2 nafariga esa hayfsan intizomiy jazolari berilgan. VSH rahbari esa Ichki ishlar organlaridan boʻshatildi.

Hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar boshlangan boʻlib, ularning toʻliq hal etilishi boʻyicha Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) doimiy nazoratini olib boradi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid