Prokuror oʻrinbosari Urgut tumaniga hokim boʻldi
Tumanning avvalgi hokimi Botir Jabborov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Dilmurod Saidqulov Urgut tumani hokimi etib tayinlandi.
Prokuror oʻrinbosari Urgut tumani hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Tumanning avvalgi hokimi Botir Jabborov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Viloyat hokimi tavsiyasiga koʻra, hozirga qadar Samarqand viloyati prokurori oʻrinbosari boʻlgan Dilmurod Bostamovich Saidqulov Urgut tumani hokimi vazifasiga tasdiqlandi.
Avval Toyloq va Payariqda hokim almashgandi.