Behzod Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi etib tayinlandi
U avval Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari vazifasida ishlayotgandi.

Behzod Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.
Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, Toyloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtaldi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. B.Bobonazarov oʻz arizasiga koʻra, Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Viloyat rahbari Raxmatullayev Behzod Raxmatullayevich nomzodini Toyloq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Behzod Raxmatullayev tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Avvalroq Payariqda ham hokim almashgandi.