platina.uz
Jamiyat

Andijonda oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb etildi

Holatni vazirlik tasdiqladi, ammo viloyat maktab taʼlimi boʻlimi buni ixtiyoriy hashar deb atadi.

Andijonda oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb etildi

2 avgust kuni Marhamat tumanidagi 42-maktabda ayol oʻqituvchilar sinf xonalarini taʼmirlayotgani aks etgan video tarqalgandi. Ushbu holatni mutasaddilar oʻrganib, ikki xil xulosa berishdi.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining maʼlum qilishicha, ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgan.

"Ustozlarni oʻz lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori Z.M. egallab turgan lavozimidan ozod etilganini maʼlum qilamiz", deyiladi bayonotda.

Ammo Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi buning teskarisini bildirdi. Vazirlik matbuot xizmatiga koʻra, oʻqituvchilar mazkur ishlarga majburan olib chiqilgan.

"Maktab direktori Z.Mamajonovaga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (41,2 mln soʻm – Platina.uz) miqdorida jarima qoʻllanildi", deyiladi munosabatda.

Shuningdek, vazirlik majburiy mehnatga duch kelganda dmi.mehnat.uz sayti yoki (71) 200-06-00 ishonch telefoniga murojaat qilishni eslatgan.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi holat yuzasidan munosabat bergani yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid