Shoʻrchidagi savdo markazida yongʻin sodir boʻldi
Yongʻinni bartaraf etishga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Shoʻrchi tumanidagi savdo markazida yongʻin yuz berdi.
4 avgust kuni Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani, Bobotogʻ MFYda joylashgan 3-qavatli savdo markazining birinchi va ikkinchi qavatlarida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yongʻin oʻrab olingan va hozirda bartaraf etildi. Yongʻin hozirda toʻliq oʻchirilgan.
Yongʻinni bartaraf etishga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 2 ta suv tashuvchi mashina jalb etilgan.
Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.