platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Prezidentni aeroportda Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. 

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi.

Oʻzbekiston yetakchisi 5 avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlar boʻyicha uchinchi konferensiyasida qatnashadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish masalalariga bagʻishlangan maxsus tadbirda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid