Meta, Apple, Google va boshqa kompaniyalar Oʻzbekistonga 78 mlrd soʻmdan oshiq soliq toʻladi
Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 42 foizga koʻproq.

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 78 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025 yilni I-yarim yilligida 78,2 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 42 foizga oʻsishdir.
Toʻlangan soliqlarning 94% elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga toʻgʻri keladi:
- Meta- 22,6 mlrd soʻm;
- Apple - 22,1 mlrd soʻm;
- Google - 19,4 mlrd soʻm;
- OpenAI - 2,9 mlrd soʻm;
- Booking.com - 1,9 mlrd soʻm;
- Tik-tok - 1,8 mlrd soʻm;
- Neftlix - 896,2 mln soʻm;
- Assa - 797,1 mln soʻm;
- Zoom - 786,7 mln soʻm;
- Adobe - 530,8 mln soʻm.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.