platina.uz
Jamiyat

Ayrim bogʻcha tarbiyalanuvchilarining oilasiga moddiy yordam beriladi

Yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida toʻlanadi. 

Ayrim bogʻcha tarbiyalanuvchilarining oilasiga moddiy yordam beriladi

Ayrim oilalarga farzandi maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanishi uchun moddiy yordam toʻlash tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (484-son, 31.07.2025 y.) bilan “Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, moddiy yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida toʻlanadi.

Bunda ularning maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha boʻlgan farzand(lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha miqdorda toʻlab beriladi.

Moddiy yordam qonuniy vakilning 3 yoshgacha boʻlgan faqat 1 nafar farzandi (bolalar egizak boʻlsa, egizaklarning har biriga) uchun beriladi.

Moddiy yordam olish uchun qonuniy vakil “Inson” markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (“YaMIH” AT), shuningdek, YaIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

- qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti maʼlumotlari;

- 3 yoshgacha boʻlgan farzand(lar)ining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi(lari) maʼlumotlari;

- mobil telefoni raqami;

- AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi maʼlumotlari.

Moddiy yordam hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha qonuniy vakillarning “ijtimoiy karta”lariga, ular mavjud boʻlmaganda, AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga oʻtkazib beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid