platina.uz
Siyosat

Prezident Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi

BMTning Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlar boʻyicha koferensiyasi boʻlib oʻtadi. 

Prezident Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi.

Prezident ushbu mamlakat rahbari Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan rivojlanayotgan mamlakatlar boʻyicha uchinchi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 4-5 avgust kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

"Avaza" milliy sayyohlik zonasida boʻlib oʻtadigan tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.

Konferensiya kun tartibidan transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash va savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, iqtisodiy transformatsiya, iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit uchun xatarlarga bardoshlikni oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlarini roʻyobga chiqarishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan. Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston yetakchisi Turkmanistonga tashrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish masalalariga bagʻishlangan tadbirda ham ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid