platina.uz
Iqtisod

Andijonda byudjetdan 6,4 mlrd soʻm ajratilyapti

Asaka tumani mahalliy byudjetiga tungi yoritish tarmoqlari uchun zamonaviy energotejamkor, shuningdek quyosh panel jihozlari sotib olish va oʻrnatish uchun 1 mlrd soʻm beriladi. 

Andijonda byudjetdan 6,4 mlrd soʻm ajratilyapti

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori viloyat byudjetining 2025 yil 2-chorak orttirib bajarilgan qismidan pul ajratiladi. Qaror 2025 yil 2 avgust kuni chiqarilgan.

Qarorda aytilishicha, Andijon viloyati viloyat byudjetining 2025 yil 2-chorak daromadlar rejasiniorttirib bajarilgan qismi hisobidan:

- viloyat hokimligi huzuridagi “Oziq-ovqat jamgʻarmasi”ga ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida 1,0 milliard soʻm;

- Asaka tuman mahalliy byudjetiga tungi yoritish tarmoqlari uchun zamonaviy energotejamkor, shuningdek quyosh panel jihozlari sotib olish va oʻrnatish uchun 1,0 milliard soʻm;

- Xonobod shahar tibbiyot birlashmasiga birlashma va boʻlimlarining binolarini joriy taʼmirlashga 2,0 milliard soʻm;

- Xonobod shahar mahalliy byudjetiga Xonobod shahar Kampirrovot MFY hududida vorkaut sport maydonchasi qurish va sport anjomlari sotib olishga 400 million soʻm, shahar koʻchalarini tungi yoritish chiroqlari bilan bezash ishlariga 1,0 milliard soʻm, manzarali va mavsumiy gul va daraxt koʻchatlari sotib olishga 1,0 milliard soʻm, jami 2 mlrd 400 million soʻm;

Umumiy jami 6,4 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishi maʼlum qilingan.

Avvalroq Andijon va Fargʻonada mahallalar va obodonlashtirish uchun milliardlar ajratilishi maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid