platina.uz
Jamiyat

Saken Poʻlatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi

U 2019 yildan beri Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari ham hisoblanadi. 

Saken Poʻlatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi

Saken Poʻlatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.

Tailandda oʻtayotgan boks boʻyicha U19 va U22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati doirasida Asian Boxing tashkilotining Kongressi boʻlib oʻtdi. Mazkur anjumanda tashkilot rahbariyati tarkibi shakllantirib olindi.

Jumladan, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisi birinchi oʻrinbosari Saken Poʻlatov Asian Boxing tashkilotining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

Saken Poʻlatov 1975 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. U bir necha yil sport sohasida, jumladan Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubi tizimida faoliyat olib borgan. Saken Poʻlatov 2019 yildan beri Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid