Oʻzbekiston fuqarolari nechta davlatga vizasiz va soddalashtirilgan tartibda bora olishi eʼlon qilindi
Hozirgi vaqtda TIV oʻnlab davlatlar bilan fuqarolarning xorijga chiqishini yanada osonlashtirish boʻyicha muzokaralar davom etayotganini bildirdi.

2025 yil 1 avgust holatiga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari 34 ta davlatga vizasiz, 42 ta mamlakatga esa soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Vizasiz rejim
Antigua va Barbuda;
Armaniston;
Barbados;
Belarus;
Birlashgan Arab Amirliklari;
Dominika;
Eron;
Falastin;
Filippin;
Gaiti;
Gambiya;
Gruziya;
Keniya;
Kot-d`Ivuar;
Malayziya;
Mikroneziya;
Moʻgʻuliston;
Moldova;
Namibiya;
Ozarbayjon;
Qirgʻiziston;
Qozogʻiston;
Rossiya;
Cent-Vinsent va Grenadin orollari;
Seyshel orollari;
Shri-Lanka;
Surinam;
Tailand;
Tojikiston;
Turkiya;
Ukraina;
Qatar;
Xitoy;
Oʻmon.
Kirib kelganda viza olish kerak davlatlar
Boliviya;
Burundi;
Gvineya-Bisau;
Indoneziya;
Iordaniya;
Kabo-Verde;
Kambodja;
Komor orollari;
Laos;
Livan;
Madagaskar;
Makao;
Maldiv orollari;
Mavrikiy;
Mavritaniya;
Mozambik;
Nepal;
Nikaragua;
Palau;
Qatar;
Ruanda;
Samoa;
Saudiya Arabistoni;
Serra-Leone;
Togo;
Tuvalu;
Yamayka;
Zimbabve;
Sharqiy Timor.
Elektron viza
Efiopiya;
Ekvatorial Gvineya;
Gabon;
Gvineya;
Hindiston;
Janubiy Sudan;
Jibuti;
Kongo Demokratik Respublikasi;
Lesoto;
Malavi;
Nigeriya;
Uganda;
Vetnam.
"Oʻzbekiston TIV fuqarolarimizning xorijda erkin va qulay harakatlanishini taʼminlash, viza talablarini bekor qilish yoki ularni soddalashtirishni oʻz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Ushbu maqsadda hamkorlarimiz bilan doimiy ravishda muzokaralar olib boramiz va aniq natijalarga erishmoqdamiz” deydi Oʻzbekiston TIV rasmiysi Ahror Burhonov.
«Hozirgi vaqtda oʻnlab davlatlar bilan fuqarolarimizning xorijga chiqishini yanada osonlashtirish boʻyicha faol muzokaralar davom etmoqda. Tashqi ishlar vazirligi ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarini izchil davom ettirib, Oʻzbekiston fuqarolariga xalqaro maydonda kengroq imkoniyatlar yaratadi”, — deyiladi xabarda.