Jahongir Hatamov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi etib tayinlandi
U tayinlovga qadar Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi tayinlandi.
Prezidentning tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Hatamov Jahongir Joʻrayevich Bosh prokuror oʻrinbosari - Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Hatamov tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlagan. U Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlariga prokurorlik qilgan.
Maʼlumot uchun, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga 2023 yil oktabridan buyon Shamsiddin Sohibnazarov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Eslatib oʻtamiz, 1 avgust kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki amaldori tizimdan ishdan boʻshatilgandi.