platina.uz
Jamiyat

Uzbekistan Airways Toshkentdan Andijonga parvozlarni qayta yoʻlga qoʻyadi

Andijon aeroporti 2023 yil aprelda rekonstruksiyaga yopilgandi. Shu yilning mart oyida aeroport birinchi texnik reysni qabul qildi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Andijonga parvozlarni qayta yoʻlga qoʻyadi

9 avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 havo kemalarida amalga oshiriladi.

- Bir tomonga: 248 000 soʻmdan;

- Ikki tomonga: 466 000 soʻmdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 1978 yilda qurilgan Andijon aeroporti 2023 yil aprelda taʼmirga yopilgandi. Yaqinda rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi bitkazildi. Uzunligi 3,3 ming metr, kengligi 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlagi va samolyotlar toʻxtash joyi qurildi.

Andijon aeroporti oʻtgan yillarda modernizatsiya qilingan 8 ta aeroportdan biri boʻldi. Avvalroq Samarqand, Termiz, Urganch, Shahrisabz, Moʻynoq, Qoʻqon, Zomin va Sariosiyo aeroportlari yangilangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid