platina.uz
Jamiyat

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki amaldori ishdan olindi

Ular oʻz xohishiga koʻra ariza bergan va Departament organlaridan boʻshatilgan. 

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki amaldori ishdan olindi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki amaldori oʻz arizasiga koʻra ishdan olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Bosh prokurorning tegishli buyruqlari bilan:

Adliya katta maslahatchisi Inoyat Raxmatullayevich Shukurov oʻz xohishiga koʻra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi va Departament organlaridan boʻshatildi.

Adliya katta maslahatchisi Muxammadjon Nabijonovich Ruzmatov oʻz xohishiga koʻra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi lavozimidan ozod qilindi va Departament organlaridan boʻshatildi.

Avvalroq, Qoraqalpogʻiston bosh prokurori tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid