Ichki ishlar va Milliy gvardiya xizmatchisining talablarini bajarmaslik uchun jazo kuchaytirilmoqda
Yangi qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jazo kuchaytiriladi.
Qonun (OʻRQ–1078-son, 31.07.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishga undaydigan normalar belgilandi.
Xususan, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan muddatda tovarni topshirish boʻyicha majburiyatini bajarmaganda, kechiktirilgan har bir vaqt birligi uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida isteʼmolchiga penya toʻlashi koʻzda tutildi.
Biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak.
Shuningdek, qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanilishi belgilandi.