platina.uz
Jahon

AQShda Ukrainaga salkam 55 mlrd dollarlik yordam berish taklif etildi

Tashabbus Trampning Putindan hafsalasi pir boʻlgan vaqtda yangradi.  

AQShda Ukrainaga salkam 55 mlrd dollarlik yordam berish taklif etildi

AQShlik guruh senatorlar Ukrainaga ikki yil davomida 54,6 milliard dollar yordam ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Qonun loyihasi mualliflari Demokratik partiyadan Jan Shaxin va Respublikachilar partiyasidan Liza Murkovskifdir. Tashabbus toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy yordam va Amerika zahiralarini toʻldirish uchun mablagʻ ajratishni oʻz ichiga oladi.

Rejaga koʻra, yordamning uchdan bir qismi bloklangan Rossiya aktivlari va Yevropadagi ittifoqchilariga qurol sotishdan tushgan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi. Qonun loyihasi, shuningdek, Ukraina bilan foydali qazilmalarni yetkazib berish boʻyicha kelishuvni qonuniylashtiradi, bu esa tabiiy resurslardan olingan daromadlarni AQSh xarajatlarini qoplash uchun ishlatish imkonini beradi.

Qonun loyihasi prezidentning Ukrainaga qurol yetkazib berishni bir tomonlama maʼqullash vakolatini sezilarli darajada kengaytiradi, 2026 va 2027 yillarda moliyalashtirishni 100 million dollardan 6 milliard dollargacha koʻtarish vakolatini oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tramp Rossiya bilan muzokaralardan naf chiqmayotgani sabab Ukrainaga qurol yuborishni qaytadan maʼqullagandi. U shuningdek, Rossiyaga urushni toʻxtatish uchun 10 kun muhlat berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid