platina.uz
Sport

Oʻzbekiston oʻsmirlari Angliya va Marokashga qarshi oʻynaydi

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoa Ispaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. 

Oʻzbekiston oʻsmirlari Angliya va Marokashga qarshi oʻynaydi

Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Angliya, Marokash va Kanada bilan oʻynaydi. Bu haqda OʻFA xxabar berdi.

FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi sentabr oyida Ispaniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazadi.

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoa yigʻin doirasida xalqaro turnirda ishtirok etadi. Turnirda 2025 yilgi U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Angliya, Kanada hamda Marokash oʻsmirlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

3 sentabr

Angliya — Oʻzbekiston

6 sentabr

Kanada — Oʻzbekiston

9 sentabr

Marokash — Oʻzbekiston.

Eslatib oʻoʻtamiz, Oʻzbekiston termasi amaldagi Osiyo chempioni sanaladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid