platina.uz
Jahon

Janubiy koreyaliklarga shimolliklar bilan erkin muloqot qilishga ruxsat berildi

Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myon KXDR bilan muloqot orqali Koreya yarim orolida tinchlik oʻrnatishga vaʼda bergan. 

Janubiy koreyaliklarga shimolliklar bilan erkin muloqot qilishga ruxsat berildi

Janubiy Koreya rasmiylari soʻnggi oʻn yilliklar ichida birinchi marta respublika fuqarolariga KXDR aholisi bilan erkin muloqot qilishga ruxsat berdi.

Bu haqda birlashish boʻyicha vazir Chung Dong Yon maʼlum qildi.

"Erkin muloqot oʻzaro tushunishga, oʻzaro tushunish esa tinch-totuv yashashga olib keladi. Bu chora Koreya Respublikasi hukumati falsafasini aks ettiradi", - deydi vazir.

Chung Dong Yonning taʼkidlashicha, taqiqni bekor qilishdan maqsad koreyslararo muloqotning yoʻqligi tufayli tufayli toʻsiq holatlarini toʻliq bartaraf etishdir. Endi Janubiy Koreya aholisi bunday aloqalar haqida faqat rasmiylarni oldindan xabardor qilishlari kerak.

Taʼkidlash kerakki, 11 iyun kuni Janubiy Koreya KXDR bilan chegaradagi ovoz kuchaytirgichlardan tashviqot eshittirishlarini toʻxtatdi, chunki mamlakatning yangi hukumati Pxenyanga nisbatan siyosiy yoʻnalishini oʻzgartirmoqchi.

3 iyun kuni Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myon KXDR bilan muloqot orqali Koreya yarim orolida tinchlik oʻrnatishga vaʼda berdi. Uning fikricha, eng yaxshi strategiya bu "urushsiz gʻalaba"dir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid