platina.uz
Jahon

Eron AQShga talab qoʻydi

Muzokaralarni qayta boshlash uchun Qoʻshma Shtatlar Eronga yetkazilgan zararni qoplashi kerak. 

Eron AQShga talab qoʻydi

Eron muzokaralarni boshlash uchun AQShga shart qoʻydi.

Eron bilan muzokaralarni qayta boshlash uchun AQSh mamlakatga yetkazgan zararni qoplashi va hujum boshqa takrorlanmasligiga kafolat berishi kerak. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Financial Times gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

"Ular nima uchun muzokaralar oʻrtasida bizga hujum qilganliklarini tushuntirishlari va buni boshqa takrorlamasliklariga kafolat berishlari kerak. Va yetkazilgan zararni qoplashlari kerak", dedi diplomat.

Uning soʻzlariga koʻra, Isroil bilan 12 kunlik mojarodan soʻng, AQSh qisqa muddatga yadroviy inshootlarga zarba berishga qoʻshilgan. Eron endi odatdagidek kelishuvga rozi boʻlmaydi.

Eslatib oʻtamiz, 13 iyun kuni Isroil Eronga zarba berdi. Eron mmazkur zarbalarni javobsiz qoldirmadi. 22 iyun kuni esa AQSh Erondagi obʼektlarga zarba berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid