Abbosbek Fayzullayev rasman "Istanbul Bashakshexir" futbolchisiga aylandi
U mazkur klubda Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bilan birga oʻynaydi.

Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev rasman "Istanbul Bashakshexir" futbolchisi boʻldi.
Bu haqda turk klubi oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qildi. Moskvaning SSKA klubi ham xayrlashuv videosini eʼlon qildi.
Abbosbek Fayzullayev yangi jamoasida 11 raqam ostida toʻp tepadi.
Eslatib oʻtamiz, yangi mavsum startidan oldin Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshexir"ga ijara asosida oʻtgan edi.
Fayzullayev SSKAda oʻtkazgan 2 mavsum davomida 72ta bahsda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 22ta golli pas berdi.