platina.uz
Jamiyat

UzAuto Motors necha yillik “qora anʼanasi”ni oʻzgartirishga majbur boʻldi

Raqobat qoʻmitasi xaridorlarga beriladigan shartnoma shartlarini isteʼmolchilar huquqiga moslashtirishni bildirgan.

UzAuto Motors necha yillik “qora anʼanasi”ni oʻzgartirishga majbur boʻldi

Raqobat qoʻmitasi UzAuto Motors AJning dilerlik korxonalari taqdim etayotgan shartnomalari (8 ta band va 45 ta kichik banddan iborat) oʻrganilganda qonunchilikka nomuvofiq holatlar mavjudligini aniqlagan.

Qoʻmita tahlili natijasida UzAuto Motors AJni jalb qilgan holda shartnomaning 21 ta kichik bandi qonun talablariga muvofiqlashtirilgan.

Jumladan:

  • Pulni qaytarish muddati boʻyicha avval qoʻshimcha shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 kun boʻlgan. Endilikda 10 kun muddatga qisqartirilgan.
  • Avtomobilni yetkazib berish kechikishi boʻyicha avval ishlab chiqaruvchiga bogʻliq boʻlmagan hollarda, ishlab chiqarishda vaqtincha uzilish yuz bersa, avtomobilni yetkazib berish muddati 3.1-bandida belgilangan muddatdan 45 kungacha uzaytirilishi mumkinligi sotuvchining majburiyatlari boʻlimida belgilangan edi. Endilikda ushbu band fors-major boʻlimiga koʻchirilgan.
  • Takroran shartnoma tuzish holati boʻyicha avval bir rusumdagi avtomobil uchun bir yilda qayta shartnoma tuzish holati aniqlanganda, avtomobilni yetkazib berish muddati qoʻshimcha 120 kungacha uzaytirilishi mumkin edi. Endilikda bu band toʻliq olib tashlangan.

Shuningdek, shartnomada sotuvchining qonunchilikda belgilangan majburiyatlari ham aniq belgilab qoʻyilgan.

Yaqin tarixda UzAuto Motors isteʼmolchilar huquqlarini poymol qilib, avtomobilni istagan vaqtda yetkazib bergan, kelishuv buzilsa, pulni qaytarishni istagancha ortga surgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid