platina.uz
Iqtisod

Toʻrtta yirik davlat bankining xususiylashtirilishi 2025 yildan keyinga qoldirildi

“Asakabank”, “Aloqabank” va “Turonbank” xususiylashtiruvi 2026–2027 yillarga moʻljallangan. Yana beshta bankni xususiylashtirish esa 2028 yilgacha rejalashtirilmayapti. 

Toʻrtta yirik davlat bankining xususiylashtirilishi 2025 yildan keyinga qoldirildi

Oʻzbekiston toʻrtta yirik davlat bankining xususiylashtirilishini 2025 yildan keyinga qoldiradi. Bu haqda Pinkod xabar berdi.

Jumladan, “Oʻzsanoatqurilishbank”ni xususiylashtirishning yakuniy bosqichi 2025–2026 yillarga, qolgan uch bank — “Asakabank”, “Aloqabank” va “Turonbank” xususiylashtiruvi esa 2026–2027 yillarga moʻljallangan.

Qayd etilishicha, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” AJ, “Aloqabank” AT va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish rejalashtirilgan. Bu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda — banklarning institutsional islohoti, yaʼni faoliyatini transformatsiya qilish, ikkinchi bosqichda esa — davlat aksiyalarini sotish.

Shuningdek, “Oʻzmilliybank” AJ, “Agrobank” ATB, “Xalq banki” AT, “Mikrokreditbank” va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBni 2026–2028 yillarda xususiylashtirish rejalashtirilmagan.

Bu beshta bank ustav kapitallaridagi davlat ulushini saqlab qolishdan koʻzlangan maqsad – bank tizimi islohoti davomida aholining moliyaviy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va bank xizmatlarining hududiy qamrovini taʼminlashdir.


© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid