Tohir Aripov Samarqand viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi
Bungacha u Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi edi. Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari sifatida ham ishlagan.

Samarqand va Toshkent viloyatlarida ichki ishlar boshqarmalari rahbarlari oʻzgardi.
Tohir Aripov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Bungacha u Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi edi. U Toshkent viloyatida 2018 yildan buyon ishlayotgandi. Avval ichki ishlar vaziri oʻrinbosari sifatida ham ishlagan.
Uning oʻrniga Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Abduvosit Abdurazzoqov tayinlandi.
