platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev issiqxonalarning ekologiyaga salbiy taʼsiri muammosini hal etishni topshirdi

Issiqxonalar toifasidan qatʼi nazar, yer soligʻini qishloq xoʻjaligi yerlari stavkasida toʻlashi belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev issiqxonalarning ekologiyaga salbiy taʼsiri muammosini hal etishni topshirdi

Prezident yigʻilishida issiqxonalar va ularning ekologiyaga taʼsiri masalasi koʻtarildi.

Bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qatʼi nazar, yer soligʻini qishloq xoʻjaligi yerlari stavkasida toʻlashi belgilandi. 2028 yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi.

Soliq qoʻmitasiga butun tizimi, tahliliy va aql markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yoʻnaltirilgani va ularning samaradorligini oʻrganish, agar gaz berilgan boshqa sohalarda qoʻshilgan qiymat kam boʻlsa, gazni issiqxonalarga yoʻnaltirish topshirildi.

Ekologik vaziyatni hisobga olgan holda, Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyatining havo sifatiga salbiy taʼsiri bilan bogʻliq muammolarni uzil-kesil hal qilish vazifasi qoʻyildi.

“Barcha eshitib olsin: issiqxonalar bu – oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik masalasi hisoblanadi”, - dedi Prezident.

Tegishli idoralarga sohada qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

Avvalroq prezident issiq va sovuqqa, suvsizlikka chidamli mahsulotlar yetishtirishga oʻtishi zarurligi taʼkidlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid