Prezident Administratsiyasida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi
Farrux Omonov Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari, Ulugʻbek Xanayev Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezident Administratsiyasida yana tayinlovlar eʼlon qilindi. Prezidentning tegishli farmoni bilan:
Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi agrar sohada ishlab chiqarish, daromadlarni koʻpaytirish hamda suvdan oqilona foydalanish boʻyicha tashabbuslarni ishlab chiqish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Ulugʻbek Umaraliyevich Xanayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi oʻrinbosari – Bosh yuriskonsult lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari – Bosh yuriskonsult lavozimidan ozod etildi;
Eldor Otamurodovich Hamroyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yer munosabatlari va xususiy mulkni himoya qilish sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Aziz Xasanovich Azimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari boʻyicha shoʻʼbasi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi;
Sergey Nikolayevich Gordeyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departament boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ichki ishlar va bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Gulruxsor Kudratovna Xatamova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini oʻrganish va tahlil qilish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Farrux Farxodjonovich Omonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot taʼminoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Rustam Ravshanovich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati kompleks axborot-targʻibot va mafkuraviy tadbirlarni amalga oshirish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Fatxiddin Fazliddinovich Muxiddinov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yigʻilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Xusniddin Kamalitdinovich Xashimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yigʻilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Rejalashtirish va axborot taʼminoti departamenti Administratsiya faoliyatining axborot taʼminoti shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Ulugʻbek Rauf oʻgʻli Normatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini oʻrganish va tahlil qilish shoʻʼbasi yetakchi konsultanti lavozimidan ozod etildi;
Ulugʻbek Shuxratjonovich Xusainov Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;
Oybek Ulugbekovich Umarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishlar boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti xoʻjalik faoliyati shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq prezident maslahatchilari lavozimlari oʻzgargandi.