platina.uz
Siyosat

Poʻlat Bobojonov, Abdusalom Azizov va qator maslahatchilarning lavozimlari oʻzgardi

Bobojonov Prezidentning kadrlar boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Poʻlat Bobojonov, Abdusalom Azizov va qator maslahatchilarning lavozimlari oʻzgardi

Prezident maslahatchilari lavozimlariga oʻzgatirishlar kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Poʻlat Razzaqovich Bobojonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Galina Karimovna Saidova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Obid Arzikulovich Xakimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;

Abdusalam Abdumavlanovich Azizov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Muzaffar Murotovich Kamilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Rustam Tuychiyevich Kamilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va jamoat loyihalari boʻyicha shoʻʼba mudiri lavozimidan ozod etildi;

Javlon Abdujalolovich Vaxabov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlandi;

Baxodir Xamidovich Tashmatov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid