platina.uz
Jamiyat

Mudofaa vazirligi tizimida yangi tayinlovlar eʼlon qilindi

Polkovnik Qodirjon Tursunov Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimiga tayinlandi. Bungacha u mudofaa vaziri oʻrinbosari sifatida ishlayotgandi. 

Mudofaa vazirligi tizimida yangi tayinlovlar eʼlon qilindi

Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

General-mayor Farhodjon Shermatov Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Qodirjon Tursunov Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Qahramonjon Zoidov Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar instituti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Abdulla Xamrayev Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Baxtiyor Rahimov Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tibbiy xizmat polkovnigi Ulugʻbek Rasulov Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, kecha prezident yigʻilishida Oʻzbekiston harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etilishi maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid