Xitoyda tugʻilishni koʻpaytirish uchun odamlarga pul beriladi
Mamlakat aholisi ketma-ket uchinchi yil kamayib bormoqda. 2024 yilda 9,5 million bola tugʻildi, 10,9 million kishi vafot etdi.

Xitoy tugʻilish darajasini oshirish uchun odamlarga pul beriladi.
Bunda bolalar parvarishi boʻyicha davlat subsidiyalarining yangi tizimini joriy qilinadi, deya xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.
Umummilliy dastur doirasida Xitoy hukumati uch yoshgacha boʻlgan har bir bola uchun yiliga 3,6 ming yuan (503 dollar) toʻlamoqchi.
Toʻlovlarni 20 milliondan ortiq oila olishi kutilmoqda, deb yozadi Bloomberg. Dastur farzand tarbiyasi xarajatlarining oshishidan qoʻrqqan yosh oilalarni farzand koʻrishga qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bloomberg taʼkidlashicha, Xitoy aholisi uchinchi yil ketma-ket kamayib bormoqda. Shunday qilib, 2024 yilda mamlakatda 9,5 million bola tugʻildi, 10,9 million kishi vafot etdi. Bundan tashqari, soʻnggi oʻn yil ichida nikohlar soni ham keskin kamaydi, yaʼni 2013 yildagi 13,47 milliondan 2024 yilda 6,11 millionga yetdi, birinchi turmush qurganlarning oʻrtacha yoshi 2010 yildagi 24,9 yoshdan 2020 yilda 28,7 yoshga koʻtarildi.
Agentlikning taʼkidlashicha, Xitoyda eng koʻp bolalar rasmiy nikohda tugʻilgan.