platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev bir guruh davlat xodimlarini mukofotladi

Ular orasida Asaka tumani hokimi, prokurori va IIB boshligʻi ham bor. 

Shavkat Mirziyoyev bir guruh davlat xodimlarini mukofotladi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev bir guruh davlat xodimlarini mukofotladi. Bu haqda tegishli farmon eʼlon qilindi.

Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, oʻzining boy bilim va tajribasi, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyati bilan hududlar infratuzilmasini takomillashtirib, «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyganligi, xalqimiz manfaatlarini roʻyobga chiqarish, aholi tinchligi va farovonligini taʼminlash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:

«Doʻstlik» ordeni bilan

Moʻminov Nasibulla Nabiyevich - Andijon viloyati Asaka tumani hokimi

«Jasorat» medali bilan

Mirzakarimov Akmaljon Dilmuradovich - Andijon viloyati Asaka tumani prokurori

Nazirov Shoxruxbek Xolmuxamedovich - Andijon viloyati Asaka tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi

Raximov Ilxomjon Gulamovich - Andijon viloyati Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi

«Shuhrat» medali bilan

Nabiyev Farxod Kabuljanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid