platina.uz
Jahon

Nyu-York markazida otishma: toʻrt kishi qurbon boʻldi

Hodisaga nima sabab boʻlgani hozircha nomaʼlum. Rasmiylarga koʻra, otishma sodir etgan shaxs ruhiy kasallikdan aziyat chekkan. 

Nyu-York markazida otishma: toʻrt kishi qurbon boʻldi

AQShning Nyu-York shahri markazida otishma yuz berdi. Manxetten markazida nomaʼlum shaxss oʻt ochdi, toʻrt kishini oʻldirdi.

Halok boʻlganlar orasida bir politsiyachi ham bor. Yana bir kishi jiddiy jarohat olgan. Holat Nyu-York shahridagi Blekstoun, Milliy futbol ligasi va turli yirik kompaniyalar oʻz ofislari joylashgan Park Avenyudagi 44 qavatli osmonoʻpar binoda sodir boʻlgan.

Las-Vegaslik 27 yoshli Sheyn Tamura M4 avtomati bilan binoga kirib, u yerda darhol bir politsiyachi va ikki kishini oʻldirdi, deya xabar beradi BBC. Keyin u Ruden Building Management ofisi joylashgan qavatga koʻtarilib, yana oʻt ochdi. U yerda bir nafar ayol kishi halok boʻlgan.

Shundan soʻng Tamura qabulxonaga qaytib, oʻzini otib oʻldirdi. Sababi hozircha nomaʼlum. Rasmiylarga koʻra, otishma sodir etgan shaxs ruhiy kasallikdan aziyat chekkan.

"Hodisa sabablari tekshirilmoqda va biz nima uchun u aynan shu joyni tanlaganini tushunish ustida ishlayapmiz", dedi NYPD komissari Jessika Tish.

Erkak uch kun ichida mamlakat boʻylab sayohat qilib, fojiadan bir necha soat oldin Nyu-Yorkka yetib kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid