platina.uz
Jahon

Niderlandiya isroillik ikki vazirni persona non grata deb eʼlon qildi

Ularning mamlakatga kirishi taqiqlandi. Choralar Falastin bilan bogʻliq. 

Niderlandiya isroillik ikki vazirni persona non grata deb eʼlon qildi

Niderlandiya hukumati Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrichni persona non grata deb eʼlon qildi.

Ularning qirollikka kirishi taqiqlanadi, deb xabar bermoqda NOS mahalliy kanali Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Kaspar Veldkampning parlamentga yoʻllagan maktubiga asoslanib.

Hujjatga koʻra, Smotrich va Ben-Gvir “bir necha bor Falastin aholisiga nisbatan zoʻravonlikni kayfiyatini qoʻzgʻatgan, noqonuniy aholi punktlarini kengaytirishni qatʼiy targʻib qilgan” va “Gʻazo sektorida etnik tozalash”ga chaqirgan. Bundan tashqari, Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil elchisini chaqirib, “Isroilni yoʻnalishni oʻzgartirishga va xalqaro gumanitar huquq boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga undash” niyatida.

Dam olish kunlarida Isroil Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordamlarini havo orqali yetkazishni boshladi va keyingi yetkazib berish uchun imtiyozlar eʼlon qildi. Reja harbiy amaliyotlarda har kuni oʻn soatlik tanaffus qilishni hamda BMT va boshqa xalqaro konvoylar uchun xavfsiz yoʻnalishlarni ochishni nazarda tutadi.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning aniq taʼkidlashicha, bu harakat BMTni Gʻazodagi ocharchilik uchun yahudiy davlatini tanqid qilish uchun asoslardan mahrum qilish edi.

Avvalroq Isroil Falastining bir qismini anneksiya qilishni maʼqullagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid