Andijondagi kanalga neft oqib ketgani aniqlandi
SANEG MChJ tomonidan neftni qayta ishlash natijasida avariya yuz bergan.

Andijondagi kanalda neft oqizilgani aniqlandi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi bu haqda maʼlumot berdi.
Aytilishicha, joriy yil 29 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Buloqboshi tumani Raish qishlogʻidan oqib oʻtuvchi kanalda qop-qora neft oqayotganligi haqida" xabar tarqalgan.
Murojaat Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda oʻrganilmoqda. Natijada "SANOAT ENERGETIKA GURUHI" MChJ tomonidan neftni qayta ishlash natijasida avariya holat aniqlandi.

Hozirda ushbu xolat toʻliq bartaraf etildi. Holat boʻyicha "SANOAT ENERGETIKA GURUHI" MChJga tegishli tartibda tekshiruv oʻtkazish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tekshirish yakuni bilan tabiatga yetkazilgan zarar va taʼsir choralari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Andijonda avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasida yongʻin sabab bir kishi xalok boʻlgandi.