platina.uz
Jamiyat

Andijonda avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasida bir kishi xalok boʻldi

Shoxobcha ichida boʻlgan "Labo" avtomashinasi toʻliq yonib ketgan, yana bir kishi ogʻir jarohat olgan. 

Andijonda avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasida bir kishi xalok boʻldi

Asaka tumanida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasida sodir boʻlgan yongʻinda bir kishi halok boʻldi.

Bosh prokuratura xabariga koʻra, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259 (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Dastlabki olingan maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida bir nafar shaxs vafot etgan, bir nafari esa ogʻir tan jarohati olgan.

Shoxobcha ichida boʻlgan "Labo" rusumli avtomashinasi toʻliq yonib ketgan.

Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yongʻin sabablari boʻyicha yongʻin-texnikaviy va boshqa zarur ekspertizalar tayinlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Koʻkdaladagi gaz toʻldirish shoxobchasida yuz bergan portlashda toʻrt kishi halok boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid